» » Latviya kompaniyalari AKT—2017 haftaligida ishtirok etishga taklif qilindi

Latviya kompaniyalari AKT—2017 haftaligida ishtirok etishga taklif qilindi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Latviyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Edgars Bondars bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston va Latviyada faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya hamda muassasalar ishtirokida tadbirlar tashkil etish yuzasidan qiziqish bildirdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Latviya IT-kompaniyalarini joriy yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan AKT haftaligida ishtirokini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritdi.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют