» » Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasida soxta akkauntlar keskin ko‘payganini bildirdi

Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasida soxta akkauntlar keskin ko‘payganini bildirdi


Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasida soxta akkauntlar keskin ko‘payganini bildirdi.

“Oxirgi xaftada Instagram sahifamda botlar, ya’ni soxta akkaunt orqali obuna bo‘luvchilar soni keskin oshib ketgani tufayli sahifam sozlamasini o‘zgartirib, uni ’privat’ tizimiga o‘tkazishga majbur bo‘ldik. So‘nggi bir necha kun davomida Instagram’dagi sahifamga botlar tomonidan yangi ochilgan o‘n mingdan oshiqroq feyk, ya’ni soxta akkauntlarning obuna bo‘lgani kuzatildi. Bizdagi raqamlarga ko‘ra, har bir necha daqiqa ichida yangi-yangi bot-akkauntlar ochilmoqda”, deyiladi Facebook’da qoldirilgan xabarda.

Lola Karimova-Tillayeva barchaga e’tiborli bo‘lishni tavsiya etgan va axborot texnologiyalari bo‘yicha jamoasi Instagram bilan hamkorlikda ro‘y berayotgan holatga oydinlik kiritayotganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют