» » Toshkentda Matiz’da yo‘lovchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan avval sudlangan yigit qo‘lga olindi

Toshkentda Matiz’da yo‘lovchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan avval sudlangan yigit qo‘lga olindi


2017-yilning 17-fevral kuni Toshkent shahar Olmazor tumani IIB xodimlari tomonidan og‘ir jinoyatning oldini olishga muvaffaq bo‘lindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati. Quyida vazirlik xabarini to‘liq e’tiboringizga havola qilamiz.

Shu kuni soat 19:30 larda mazur tumanning Allon ko‘chasida xizmat olib borayotdan ichki ishlar xodimlari yo‘l chetida to‘xtab turgan Matiz avtomashinasidan yordam so‘rab baqirayotgan ayol kishining ovozini eshitib, avtomashinaning orqa o‘rindig‘ida 25—30 yoshlardagi yigit, bir qizni zo‘rlab nomusiga tegmoqchi bo‘layotganining guvohi bo‘ldi. Qiz sho‘rlik qancha urinmasin g‘araz niyatli shaxsning changalidan chiqolmasdi.

Ichki ishlar xodimlari qizga yordam berishga shoshilishdi. Ammo avtomashina eshiklari ichkaridan berk edi. Tezkor xodimlardan biri amallab avtomashinaning orqa eshigini ochganda, zo‘ravon unga o‘tkir tig‘li pichoq bilan tashlandi. Xodim chap qo‘lining ichki qismi kesilib, jarohatlanishiga qaramasdan, epchillik bilan jinoyatchining qo‘lini qayirib, uni qurolsizlantirdi.

Yovuz niyatli shaxs o‘z g‘araz maqsadini amalga oshira olmadi, u ichki ishlar boshqarmasiga olib kelindi.

Kechki paytda ishdan qaytayotgan qizni qo‘rqitib, ishonch qog‘ozisiz boshqarib yurgan Matiz avtomashinasiga o‘tqazib, so‘ng yo‘l chetiga to‘xtab uning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan, 1988-yilda tug‘ilgan bu shaxs, muqaddam Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan sudlanib, amnistiya akti tufayli jazodan ozod etilgan ekan. Ammo o‘ziga ko‘rsatilgan insonparvarlikdan tegishli xulosa chiqarmay, mazkur ayanchli jinoyatga qo‘l urgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-, 118-moddasi 1 qismi va 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 16:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют