» » Surxondaryoda MIB xodimiga 600 dollar pora bergan fuqaro qo‘lga olindi

Surxondaryoda MIB xodimiga 600 dollar pora bergan fuqaro qo‘lga olindi


Majburiy ijro byurosi Sho‘rchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 14-sentabr kuni Sho‘rchi tumani “A.Navoiy” mahallasi A.Diyorov ko‘chasi 1-uyda yashovchi fuqaro B.J o‘ziga tegishli bo‘lgan noturar joy binosida moyjuvoz uskunasi o‘rnatib paxta chigitidan moy ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga MIB tuman bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlangan holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtida fuqaro B.J.ning o‘g‘li A.J. tomonidan dalolatnoma tuzmaslik evaziga Byuro xodimiga 600 (olti yuz) AQSh dollari pora sifatida taklif qilingan.

Byuro xodimining bildirgisiga asosan, tuman prokuraturasi, MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi ichki xavsizlikni ta’minlash inspeksiyasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, A.J. 600 (olti yuz) AQSh dollarini pora sifatida berayotgan vaqda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 211- moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, noqonuniy ravishda moy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan B.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1862-moddasi 1-qismiga ko‘ra tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют