» » Rossiya Chernogoriya rasmiylarini mamlakatga qarshi axborot kampaniyasini uyushtirishda aybladi

Rossiya Chernogoriya rasmiylarini mamlakatga qarshi axborot kampaniyasini uyushtirishda aybladi


Chernogoriyada tashkil etilgan Rossiyaga qarshi axborot kampaniyasi ortida mahalliy rasmiylar turibdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

Bu yangi kampaniya emas, u faqat o‘zining yangi bosqichiga chiqmoqda. Uning ortida Chernogoriya rasmiylari turgani shubhasiz. Ish Rossiyaning mamlakatdagi elchixonasi atrofida salbiy axborot muhiti yaratish, xodimlarni maxsus xizmatlar faoliyatiga aloqadorlikda ayblashgacha borib yetdi. Chernogoriya rahbariyati tutayotgan bunday yo‘l xalq manfaatlariga butkul zid.

Mariya Zaxarova, Rossiya TIV rasmiy vakili

19-fevral kuni Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri G‘arb maxsus xizmatlari Rossiyaning Chernogoriyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalil-isbotlar to‘plaganini ma’lum qildi.

Ertasiga Chernogoriya maxsus prokurori Milivoye Katnich ham Rossiyani to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda aybladi. 

Опубликовано: admin (22-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют