» » OAV: FIFA tasnifiga ko‘ra yil ramziy terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi

OAV: FIFA tasnifiga ko‘ra yil ramziy terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi


Avvalroq xabar berilganidek, bugun, 24-sentabr sanasida London shahrida FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazadi.

Unda yil ramziy terma jamoasi ham e’lon qilinadi. Marca nashri esa hali marosim boshlanmasdan turib, tarkibdan o‘rin olgan 8 nafar o‘yinchi nomini ma’lum qilib ulgurdi.

Unga ko‘ra yil ramziy terma jamoasidan quyidagi o‘yinchilar o‘rin oladi.

Darvozabon: David de Xea (“Manchester Yunayted”)

Himoyachilar: Serxio Ramos, Marselo, Rafael Varan (—barchasi “Real”).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich (“Real”), Ivan Rakitich (“Barselona”).

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Lionel Messi (“Barselona”).

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Ronaldu va Messining taqdirlash marosimiga kelmasligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют