» » Moldovada sud vazirlarni tasdiqlashni ikki marta rad etgan prezidentni lavozimidan vaqtinchalik chetlatdi

Moldovada sud vazirlarni tasdiqlashni ikki marta rad etgan prezidentni lavozimidan vaqtinchalik chetlatdi


Moldova Konstitutsiyaviy sudi prezident Igor Dodonni Demokratik partiyadan deputatlar so‘rovi bilan vaqtinchalik lavozimidan chetlatdi, deb yozadi TJournal. Davlat rahbari demokratlar tomonidan taklif qilingan vazirlikka ikki nafar nomzodlarni ikki marta tasdiqlashdan bosh tortgan.

Sud qarorida aytilishicha, chetlatishdan maqsad shundaki, hukumat rahbari prezident vazifasini bajaruvchi sifatida vazirlarni tanlab olishi kerak. Shu jumladan, demokratlar tomonidan sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi vazirlari lavozimlari uchun taklif etilgan nomzodlarni ham.

Qonunga ko‘ra, prezident bosh vazir tomonidan taklif etilgan nomzodlarni faqat bir marta rad etish huquqiga ega. Aks holda, tayinlash bo‘yicha vakolatlar parlament rahbariga o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют