» » Rossiya urib tushirilgan Il-20 ga javoban, Suriyaga S-300 raketa majmuasini yetkazib beradi

Rossiya urib tushirilgan Il-20 ga javoban, Suriyaga S-300 raketa majmuasini yetkazib beradi


Rossiya ikki hafta ichida suriyalik harbiylarga S-300 zenit-raketali majmuani yetkazadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi, deb yozadi TJournal. Bu Latakiyada urib tushirilgan Il-20 ga javob choralaridir.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, majmua 250 kilometrdan ortiq masofada havo hujumi vositalarini to‘xtatib qolishga va bir vaqtda bir nechta nishonlarni urishga qodir. Shoyguning eslatishicha, Suriyaga S-300 majmuasini yetkazib berish Isroil tomoni iltimosi bilan 2013-yilda to‘xtatilgan edi.

“Bugun vaziyat o‘zgardi. Bunga esa biz aybdor emasmiz, — dedi vazir. — Aminmizki, ushbu choralarning amalga oshirilishi “qizigan boshlar”ni sovitadi va bizning harbiy xizmatchilarimiz uchun xavf tug‘diruvchi bemulohaza xatti-harakatlardan tiyadi. Aks holda yuzaga kelayotgan holatga muvofiq chora ko‘rishga majbur bo‘lamiz”.

Rossiyaning Il-20 samolyoti 17-sentabr kuni Xmeymim aviabazasiga qaytib kelish chog‘ida urib tushirilgan edi, bortda 15 harbiy bo‘lgan. Rossiya mudofaa vazirligi fikricha, u Isroil samolyotlari tufayli zarbaga yo‘liqqan. Isroil esa o‘z harbiy-havo kuchlari aybini rad etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют