» » Legioner.uz. Alisher Azizovning tashrifidan keyin Qirg‘izistonda O‘zbekiston futboli tan olingan bo‘lib chiqdi

Legioner.uz. Alisher Azizovning tashrifidan keyin Qirg‘izistonda O‘zbekiston futboli tan olingan bo‘lib chiqdi


Qirg‘izistonning “Dordoy” klubi sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik Alisher Azizov uchinchi rasmiy o‘yindagi uchinchi golini urdi.

OFK kubogining guruh bosqichi sari harakat qilayotgan “Dordoy” o‘z maydonida Tojikistonning “Hosilot” klubini qabul qildi va minimal hisobda zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golga o‘zbekistonlik futbolchi mualliflik qildi.

“Dordoy” avvalgi bosqichda Turkmanistonning “Bolqon” klubi bilan to‘qnash kelib, O‘shda 1:1 hisobida durang o‘ynagan, Bolqonobodda esa 2:1 hisobida zafar quchgandi. Alisher Azizov har ikki o‘yinda ham 1 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Qirg‘iziston klubi Tojikistondagi javob o‘yinini 28-fevral kuni o‘tkazadi. Undagi muvaffaqiyatli natija “Dordoy”ni OFK kubogining guruh bosqichiga olib chiqadi. Qayd etish kerak, OFK kubogi qit’aning Osiyo Chempionlar ligasidan keyingi o‘rinda turuvchi klublar musobaqasi hisoblanadi.

OFK kubogi
Pley-off
21-fevral, seshanba

Gol: Alisher Azizov, 54 (1:0).

“Hosilot”ga qarshi uchrashuvdan keyin Alisher Azizov “Championat.asia” nashriga intervyu berib, mamlakatda o‘zbekistonlik futbolchilarga bo‘layotgan qiziqish uning tufayli ortib borayotganiga aniqlik kiritgan. Avvalroq hujumchi Qirg‘izistondagi faoliyati orqali O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olishga umidvor ekaniga shama qilib o‘tgandi.

Bu yerda menga katta ishonch bildirishmoqda. Agar boshqa mamlakat klubida O‘zbekiston nomidan to‘p tepsangiz, O‘zbekiston zo‘r ekan deyishadi. Ishonchni oqlay olmasangiz, futbolchining saviyasi past ekan deyishadi.

Hozir Qirg‘izistondagi barcha klublar o‘zbekistonlik futbolchilarga qiziqib qolgan. Terma safida o‘ynamagan futbolchi shunchalik saviyali bo‘lsa, demak O‘zbekistondagi futbolchilar zo‘r ekanda, deyishadi. Bu tarafdan O‘zbekiston futbolining obro‘si oshmoqda.

Alisher Azizov, “Dordoy” a’zosi

Futbolchining Qirg‘izistondagi faoliyatiga qadar qirg‘izistonliklar o‘zbekistonlik futbolchilarni zo‘r deb o‘ylaganmi yoki yo‘q — aniqlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (22-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют