» » Samarqandda mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasida 1 315 ta holat aniqlandi

Samarqandda mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasida 1 315 ta holat aniqlandi


Samarqand viloyatida O‘zbekiston Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 17—22-sentabr kunlari o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joy binolariga egalik huquqini tasdiqlash yuzasidan jami 292 ta mahallada xatlov amalga oshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Xatlov jarayonida 1 315 ta holat aniqlanib, 1 119 ta ariza qabul qilingan. Shundan 225 ta holat yuzasidan hokim qarori chiqarilib, kadastr hujjatlari tayyorlandi. Xatlov jarayonida muddatida qayd etilmagan fuqarolik holati dalolatnomalari yuzasidan jami 983 ta holat aniqlangan. Shundan 294 nafar fuqaroga tug‘ilganlik va 7 ta o‘lim haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan.

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulov, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Xalilov, Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbonov, tuman va shahar hokimlari tomonidan Samarqand shahrida 50 nafar fuqaroga uy-joyga kadastr hujjatlari, 53 nafar fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnoma, Urgut tumanida 22 nafar fuqaroga uy-joyga kadastr hujjatlari va 55 nafar fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnoma, Jomboy tumanida 18 nafar fuqaroga uy-joyga kadastr hujjatlari va 34 nafar fuqaroga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют