» » O‘zbekistonda 4,5 mingga yaqin oila ajrimdan saqlab qolindi

O‘zbekistonda 4,5 mingga yaqin oila ajrimdan saqlab qolindi


O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahallalar qoshidagi yarashtirish komissiyalari tomonidan 64 ming 214 ta murojaat ko‘rib chiqilib, salkam 40 ming holatda qaynona-kelin, kelin va oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga barham berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qariyb 7 ming holatda qarindoshlar murosaga keltirilgan. Shuningdek, joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida ko‘plab muhokamalar o‘tkazildi. Natijada 11 ming 209 oilaning nizolariga barham berildi. 4414 oila ajrimdan saqlab qolindi.

Ajrim ko‘rsatkichlari oshgan mahallalarda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash oyligi doirasida fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolarining oilalar bilan ishlashdagi malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Turli kelishmovchiliklar sababli ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga namunali oilalar biriktirildi.

Ahamiyatli jihatlardan yana biri — mahallalarda “Eng yaxshi qaynona-kelin”, “Ibratli qaynota” mavzusidagi ko‘rik-tanlovlar tashkil etilib, aholi o‘rtasida oila munosabatlarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan so‘rovnomalar muntazam o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют