» » FIFA 2018-yil ramziy terma jamoasini e’lon qildi, unda Kurtua va Saloh yo‘q

FIFA 2018-yil ramziy terma jamoasini e’lon qildi, unda Kurtua va Saloh yo‘q


24-sentabr sanasida London shahrida FIFA tasnifiga ko‘ra 2018-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda FIFA tasnifiga ko‘ra ramziy terma jamoa ham ma’lum bo‘ldi. Ramziy termadan eng ko‘p o‘yinchi “Real Madrid”dan yig‘ilgan: 4 nafar.

Darvozabon: David de Xea (“Manchester Yunayted”/Ispaniya)

Himoyachilar: Dani Alves(PSJ/Braziliya), Rafael Varan (“Real”/Fransiya), Serxio Ramos (“Real/Ispaniya”), Marselo (“Real”/Braziliya).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich(“Real”/Xorvatiya), N’Golo Kante(“Chelsi”/Fransiya), Eden Azar (“Chelsi”/Belgiya).

Hujumchilar: Lionel Messi(“Barselona/Argentina”), Kilian Mbappe (PSJ/Fransiya), Krishtianu Ronaldu(“Yuventus”/Portugaliya).

Eslatib o‘tamiz, yilning eng chiroyli goli sovrini Muhammad Salohga nasib etgan bo‘lsa, Didye Desham mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Shuningdek, yil darvozaboni sovrini Tibo Kurtuaga nasib etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 02:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют