» » “O‘zdonmahsulot” AK don mahsulotlariga bo‘lgan talablarni qondirmoqda

“O‘zdonmahsulot” AK don mahsulotlariga bo‘lgan talablarni qondirmoqda


Poytaxtdagi Milliy matbuot markazida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda mamlakat aholisining un, qolipli non va makaron mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashdagi dolzarb masalalar muhokama etildi, deb yozadi O‘zA.

Tadbirda mazkur jarayon kompaniya tizimidagi 44 korxona va ushbu korxonalarning 25 filiali, un ishlab chiqaruvchi tegirmon, non, makaron va omixta yem, yorma sexlarida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Tizimdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘tgan yilga nisbatan tahlil qilinganda, 2018-yilning mos davrida 107,7 foiz o‘sishga erishilgan.

Ishlab chiqarilgan unning asosiy qismi, ya’ni 40 foizga yaqini “Ohangaron don” va “Toshkentdonmahsulotlari”, “G‘alla Alteg”, “Sho‘rchi don mahsulotlari”, “Jomboy don mahsulotlari” va “Dunyo M” aksiyadorlik jamiyatlari korxonlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Non mahsulotlari esa “Farg‘onadonmahsulotlari”, “Navoiydonmahsulotlari”, “Namangandonmahsulotlari”, “Surxondaryodonmahsulotlari” hamda “Jomboy don mahsulotlari”korxonalarida eng ko‘p tayyorlanadi.

Ichki iste’mol bozoriga kompaniya korxonalari tomonidan joriy yilning sakkiz oyi davomida 962,3 ming tonna un, 601,3 ming tonna yem, 40 ming tonna non va 18,8 ming tonna makaron mahsulotlari yetkazib berildi.

So‘nggi besh yil “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi uchun samarali bo‘ldi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilib, zamonaviy tejamkor texnologik uskunalar o‘rnatildi. Non, makaron, yorma, qandolat, qop sexlari, muzlatgichli ombor Rossiya, Germaniya, Ukraina, JanubiyKoreya, Tayvan va Italiyaning zamonaviy texnologiyalari asosida yangidan qurildi. Tegirmon, omixta yem, urug‘lik sexlari zamonaviy texnologik uskunalar asosida qayta jihozlandi. Amalga oshirilgan 80,9 million dollarlik 103 investitsiya loyihasining 61 tasi yangi quvvatlar va 42 tasi modernizatsiya jarayonlaridir.

O‘tgan yilda jami 747 ish o‘rni yaratildi. Bandlikni ta’minlash dasturiga asosan, joriy yilda jami 612 ish o‘rni yaratish belgilangan. Yanvar-avgust oylarida tizimda 546 yangi ish o‘rni yaratishga erishildi. Shuning 473 tasi kasanachilik va 73 tasi yangi korxonalar hisobiga yaratilgan ish o‘rinlaridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют