» » GM Uzbekistan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan aksiya e’lon qildi

GM Uzbekistan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan aksiya e’lon qildi


O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan GM Uzbekistan AJ dilerlik korxonalari bilan hamkorlikda maxsus aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda.

Endilikda Spark R2 Optimum A/T avtomobilini xarid qilib, faol dilerlik markazlari hamkorligida tashkil etilgan 1 000 000 so‘m chegirma ko‘rinishidagi sovg‘aga ega bo‘lasiz.

Aksiya 2018-yilning 26-sentabridan 10-noyabriga qadar davom etadi.

Mazkur aksiya butun respublika bo‘ylab Spark R2 Optimum A/T avtomobilini imtiyozli kredit shartlarini taklif qilayotgan GM Uzbekistan kompaniyasining avtokreditlash bo‘yicha rasmiy hamkori InfinBank tomonidan qo‘llab- quvvatlanadi.

Spark R2 Optimum A/T avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirish mumkin:

10 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 5 yilgacha muddatga yillik 22 foiz ustama;

30 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 3 yilgacha muddatga yillik 20 foiz ustama;

50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 2 yilgacha muddatga yillik 19 foiz ustama;

60 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 15 oygacha muddatga yillik 18 foiz ustama.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 08:27)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют