» » Adliya vazirligida Xalqaro savdo palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligida Xalqaro savdo palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish, xalqaro tijorat nizorlarini hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish va bu borada xalqaro arbitraj markazlari bilan vazirlikning xalqaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida mamlakatga Xalqaro savdo palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi vitse-prezidenti Muhammad Abdul Vahob taklif etildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xalqaro mutaxassisning O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 24-sentabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Muhammad Abdul Vahob bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Adliya vazirligi va Xalqaro savdo palatasi, uning huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilindi. Tomonlar Xalqaro savdo palatasining O‘zbekistondagi Milliy qo‘mitasini ochish, xalqaro standartlarga muvofiq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, mamlakatda xalqaro tijorat nizolarini hal qilish bo‘yicha mintaqaviy markazni shakllantirish sohalarida hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va o‘zaro foydali hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 107) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют