» » Ustoz va murabbiylar bayrami kuni munosabati bilan ekohaftalik o‘tkaziladi

Ustoz va murabbiylar bayrami kuni munosabati bilan ekohaftalik o‘tkaziladi


1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar bayrami kuni” munosabati bilan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchilar bayramini nishonlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Vazir respublikadagi barcha xalq ta’limi boshqarma rahbarlariga murojaat qilib, ma’lum targ‘ibot ishlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishni so‘ragan.

Jumladan, qarorga ko‘ra, 25-sentabrdan 2-oktabrgacha O‘zbekistonda “Ustozingni tabrikla” nomli ekohaftalik o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu haftalik doirasida ta’lim muassasalarida “Ustozlar bog‘i”ni tashqil etish uchun o‘quvchilar orasida “Ustozimga atalgan nihol” va faxriy o‘qituvchilar orasida “Ustozdan bog‘ qolur” mavzularida daraxt va ko‘chat ekish aksiyalarini tashkil etish belgilangan.

Faxriy o‘qituvchilar va murabbiylar xonadonlariga borishni tashkil etish hamda o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan tabriklarni #ustozingni_tabrikla! #pozdrav_svoyego_uchitelya! xeshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylanishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют