» » “O‘zdonmahsulot” qolipli non narxining oshishi va uning tez buzilishi sabablarini ma’lum qildi

“O‘zdonmahsulot” qolipli non narxining oshishi va uning tez buzilishi sabablarini ma’lum qildi


“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazib, qolipli non narxining oshishi va uning tez buzilishi sabablarini ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“Don mahsulotlari narxi uzoq vaqtlardan buyon oshmagan edi. Ushbu mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘ esa endi ishlab chiqarishni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltiriladi. Butun respublika bo‘ylab unga ehtiyoj 3 million tonnani tashkil qiladi va “O‘zdonmahsulot” korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushi 47 foizga teng. Respublikada un bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Hozir yuzdan ortiq xususiy korxonalar Qozog‘istondan don keltirib, shu tariqa aholi talabini qondirmoqda”, — dedi “O‘zdonmahsulot” bosh iqtisodchisi Erkin Esonov.

“O‘zbekistonda — eng arzon non. 1050 so‘m ham nisbatan olib qarasa, qimmat emas. Qo‘shni davlatlarda buxanka non 2,5 ming so‘mdan boshlanadi. Narx elektr toki va boshqa ko‘plab narsalar narxi oshishi tufayli o‘sdi”, — deya ta’kidladi u.

“Nonlarimizning asosiy muammosi — kartoshka kasalligi. Bu asosan yozda baland harorat va noto‘g‘ri transportirovka tufayli sodir bo‘ladi. Xariorlar ko‘pincha issiq nonni olib, sellofan paketga solib qo‘yadi, bu esa spora hosil qiluvchi kartoshka tayoqchasi rivojlanishi uchun a’lo muhitni yaratadi”, — dedi “O‘zdonmahsulot” ilmiy-ishlab chiqarish markazi mutaxassis Saodat Qudratova iste’molchilarga nonning kunlik me’yorini sotib olishni va uni soviganidan keyingina sellofan xaltaga solishni tavsiya qilar ekan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют