» » O‘zbekiston o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qiladi


O‘zbekiston va Rossiya umumta’lim maktablari uchun o‘qituvchilarni tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda. Mazkur masalada Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Unda “Moskovskiy dom sootechestvennikov” tashkiloti direktorining birinchi o‘rinbosari Yuriy Kaplun, “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulika, Pushkin nomidagi rus tili davlat institutining ilm-fan bo‘yicha prorektori Mixail Osadchiy va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bosh maslahatchisi Sergey Sokolov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda hozirgi kunda o‘qituvchilar yetishmaydi, ayniqsa, bu holat rus tilida ta’lim berilayotgan maktablarda sezilarli darajada. Xalq ta’lim vazirligi tomonidan mazkur muammoni hal etish maqsadida bir qator choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, uchrashuvda vazirlik mutasaddilari o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Rossiya oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifini ilgari surdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют