» » Soliq qo‘mitasi fuqarolarni mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktabrgacha to‘lashga chaqirdi

Soliq qo‘mitasi fuqarolarni mol-mulk va yer solig‘ini 15-oktabrgacha to‘lashga chaqirdi


O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287- moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanadi, deb xabar beradi Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida mol-mulk va yer solig‘i to‘lanishi lozim bo‘lgan 629 mingdan ortiq obyekt mavjud. Ularning egalariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning 20-mayiga qadar soliqlarni to‘lash haqidagi ma’lumotnoma yuborilgan. O‘z navbatida, yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan 606,5 ming nafar fuqaro tomonidan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgan.

“Fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni bankka bormasdan CLICK, U-PAY va PayMe to‘lov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratilgan. Ushbu to‘lov tizimlaridan foydalanib, amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘shimcha haq olinmaydi.

Unutmang! Siz to‘lagan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy – kommunal xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va mahallalarni obodonlashtirish, shu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlari uchun sarflanadi.

Shunday ekan mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang!”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют