» » Putin Turkmaniston prezidentining marhum bobosini “Jasorat uchun” medali bilan taqdirladi

Putin Turkmaniston prezidentining marhum bobosini “Jasorat uchun” medali bilan taqdirladi


Rossiyaning Ashxoboddagi elchisi Aleksandr Bloxin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga uning bobosiga taqdim etilgan “Jasorat uchun” medalini topshirdi, deb yozadi Sputnik.

Prezidentning bobosi — Berdimuhamed Annayevni Ikkinchi jahon urushi yillarida namoyon qilingan mardligi, botirligi va jasurligi uchun medal bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018-yil iyunida imzolagan edi.

Berdimuhamedov rossiyalik diplomatga va prezident Vladimir Putinga medal uchun minnatdorlik bildirdi va uni Turkmaniston mudofaa vazirligi muzeyiga berdi.

Berdimuhamed Annayev qishloq o‘qituvchisi bo‘lgan, urushdan II guruh nogironi bo‘lib qaytgan. 1948-yilda Ashxobod zilzilasi chog‘ida halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют