» » Xorazmda bog‘cha mudirasi 200 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda bog‘cha mudirasi 200 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi


Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan bog‘cha mudirasini pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushirdi. Bu haqda departament axborot xizmati xabar bermoqda.

“Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan 24-sonli maktabgacha ta’lim muassasi oshpazi M.X. ish yuzasidan iltimos bilan mudiraning qabuliga kiradi. Oshpaz ayol oilaviy sharoitiga yordam bo‘lishi uchun o‘zi ishlayotgan 0,75 shtat birligidagi ishini 1 stavkaga ko‘paytirib berishni iltimos qiladi. Mudira opa bu masala muammosiz hal bo‘lishi uchun ozgina xarajat kerakligini bildiradi. Ya’ni mudira S.M. 200 ming so‘m evaziga oshpaz M.X.ga ish bitishini bildirib, ta’magirlik qiladi.

O‘zining qonuniy haq-huquqlarini yaxshi bilgan fuqaro M.X. mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Gurlan tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu arizaga asosan Departamentning Gurlan tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Gurlan tumanidagi 24-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi ta’magirlik yo‘li bilan 200 ming so‘m pora pullarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Gurlan tuman bo‘limi tomonidan fuqaro S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha Gurlan tuman prokuraturasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют