» » AQShda yahudiylar qabristoni tahqirlandi. Musulmon faollar bu qabristonni qayta tiklash uchun pul to‘pladi

AQShda yahudiylar qabristoni tahqirlandi. Musulmon faollar bu qabristonni qayta tiklash uchun pul to‘pladi


Sent-Luis chekkasidagi yahudiy qabristonida 19-fevral kuni bir guruh odamlar 200 dan ortiq qabrga zarar yetkazdi. Ko‘plab qabrtoshlar burdalab tashlangan, biroq yodgorliklarga hech qanday graffitilar chizilmagan.

Huquqbuzarlar nima uchun bunday qilgani noma’lum. Politsiya vakillarining fikricha, bu antisemitizm bilan bog‘liq jinoyat emas.

Missuri shtati gubernatori Erik Greytens yuz bergan hodisani “manfur va qo‘rqoq qilmish” deb atagan. U barcha xohlovchilarni 22-fevral kuni qabristonga kelib, uni tozalashda yordam ko‘rsatishga chaqirdi. Greytens o‘zi ham qabristonda bo‘lishga va’da berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp qabristonning tahqirlanishini “dahshatli harakat” deb atadi va antisemitizmning har qanday ko‘rinishini qoraladi, deb xabar bermoqda The New York Times.

Qabriston tahqirlangani haqidagi xabar paydo bo‘lishi bilan, musulmonlarning MPowerChange va CelebrateMercy huquqni himoya qilish tashkilotlari qabristonni qayta tiklash uchun pul yig‘ishni boshladi. To‘planishi maqsad qilingan 20 ming dollar pul yig‘ish boshlanganidan uch soat o‘tib to‘plab bo‘lingan.

Meduza’ning qayd etishicha, Sent-Luis chekkasidagi Yuniversiti-sitida joylashgan yahudiylar qabristoni 1890-yillarning oxiridan beri faoliyat yuritadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют