» » Kashmirda dabdabali to‘ylar taqiqlandi. Endi kelin tomon mehmonlari soni 500 dan oshmasligi kerak

Kashmirda dabdabali to‘ylar taqiqlandi. Endi kelin tomon mehmonlari soni 500 dan oshmasligi kerak


Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida dabdabali to‘ylar taqiqlandi. Bu haqda Zee News xabar bermoqda.

2017-yilning 1-aprelidan boshlab, nikoh marosimidagi kelin tomondan keladigan mehmonlar soni 500 kishidan, kuyov tomon mehmonlari soni esa 400 nafardan oshmasligi kerak.

Unashtirish marosimiga 100 nafargacha mehmon kelishi mumkin. Shu bilan birga taklifnomalarga shirinlik va quruq mevalarni ilova qilish ham taqiqlandi.

Bundan tashqari, har qanday xususiy, jamoatchilik va hukumat tadbirlarida ovoz-kuchaytirgich va mushakbozlikdan foydalanish ham taqiqlangan.

Mahalliy ma’muriyat shu yo‘l bilan kashmirliklarning to‘y va marosimlar uchun haddan tashqari ko‘p xarajat qilishining oldini olmoqchi.

Avvalroq hindistonlik siyosatchi Gali Janardxana Reddi qizi Brahmananing to‘yi uchun 5 milliard rupiy (taxminan 74 million dollar) sarflagani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют