» » Xorazmda fuqarodan 300 ming so‘m pora olgan mahalla raisi qo‘lga olindi

Xorazmda fuqarodan 300 ming so‘m pora olgan mahalla raisi qo‘lga olindi


Xorazm viloyati Xazorasp tumani “Saidlar” mahallasida yashovchi fuqaro S.A. ham uy-joyga muhtojligi sababli amaliy yordam so‘rab mahalla raisining qabuliga bordi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

“Saidlar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.M uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan S.A.ning uy-joy qurish uchun yer uchatskasi olishga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritish uchun qo‘shimcha harajatlar borligini bildirdi.

“Lekin yoshi 60 yoshni qoralagan, o‘z mahallasida hurmatga ega mahalla raisining mansab mavqeidan foydalanib qo‘l urgan poraxo‘rlik, ta’magirlikharakatlari uzoqqa cho‘zilmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xazorasp tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro S.A.ning arizasiga asosan tezkor tadbir tashkil etildi.

Departamentning Xazorasp tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Xazorasp tumani Pitnak qishlog‘i “Saidlar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.M. lavozimi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi uy-joy masalalari bilan shug‘ullanuvchi jamoatchilik komissiyasining raisi hisoblanib, mahalladoshi S.A.dan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olishga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish uchun hamda tuman hokimligi tomonidan ajratiladigan yer maydonini ijobiy hal qilib berishni va’da qilganligi aniqlandi. Tadbir davomida mahalla raisi fuqaro S.Aga qilingan va’da evaziga berishi lozim bo‘lgan 300 ming so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xazorasp tuman bo‘limi tomonidan fuqaro B.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha viloyat prokuraturasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют