» » “Ukraina go‘zali” tanlov qoidalarini buzganligi uchun unvonidan mahrum etildi

“Ukraina go‘zali” tanlov qoidalarini buzganligi uchun unvonidan mahrum etildi


“Ukraina go‘zali – 2018” g‘olibi Veronika Didusenko tanlov qoidalarini buzganligi uchun unvondan mahrum etildi, deb yozadi Sputnik tanlov tashkilotchilariga tayanib.

Didusenko shartnoma talablari va tanlov qoidalarini buzganligi uchun tanlovdan chiqarib tashlandi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, qatnashchilar turmushga chiqmagan va ularda farzandlar bo‘lmasligi kerak.

Veronika Didusenko o‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan.

Yaqin vaqtlarda “Ukraina go‘zali – 2018” tanlovi qayta o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta “Ukraina go‘zali — 2018” final bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Unda 24 nafar qizlar ishtirok etdi. Tanlov hakamlar hay’ati Veronika Didusenkoni g‘olib deb topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют