» » O‘zbekiston va Rossiya ta’lim sifati nazorati borasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Rossiya ta’lim sifati nazorati borasida hamkorlik qiladi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga keldi. Bu haqda inspeksiya axborot xizmati ma’lum qildi.

Inspeksiya vakillarining Rossiya Ta’lim va fanni nazorat qilish federal xizmati, Maorif vazirligi, Ta’lim va fan vazirligi, Rossiya ta’lim akademiyasi qoshidagi Ta’lim sifatini baholash milliy markazi, Jahon bankining Moskvadagi vakolatxonasi va boshqa bir qator ta’lim tizimidagi tashkilotlar bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Bugun inspeksiya delegatsiyasi Ta’lim va fanni nazorat qilish federal xizmatida bo‘ldi va tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Federal xizmat rahbari Sergey Kravsov tashkilotning asosiy faoliyati to‘g‘risida kengaytirilgan davrada taqdimot shaklida ma’lumot berdi va inspeksiya vakillari federal xizmatining asosiy bo‘linmalari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Uchrashuvda Rossiyalik mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berildi. Ayniqsa, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi va faqat hukumatga bo‘ysunuvchi mustaqil tashkilot, ya’ni inspeksiya tashkil etilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv yakunida S. Kravsov O‘zbekistonga kelish istagini bildirdi hamda inspeksiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют