» » Eng olis hududlarda davlat xizmatlari markazi shoxobchalari tashkil etildi

Eng olis hududlarda davlat xizmatlari markazi shoxobchalari tashkil etildi


O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktorining 2018-yil 7-sentabrdagi Olis hududlarda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini va samaradorligini oshirish, ushbu hududlar aholisiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishida qulay shart-sharoitlar yaratish haqida buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan joylarda aholi fikri, davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda eng olis hududlarda davlat xizmatlari markazi shoxobchalari tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ana shunday davlat xizmatlari markazi shoxobchalari Navoiy viloyatining Konimex tumani markazidan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan Boymurat OFY va 230 kilometr uzoqlikdagi Uch tobe OFYda hamda Tomdi tuman markazidan 150 kilometr masofadan ortiq uzoqlikda joylashgan Shiyeli OFY, Kerezbuloq OFY markazi Kerez ovulida, Xorazm viloyatining Hazorasp tumani markazidan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Tuproqqal’a qishlog‘i “Tuproqqal’a maskani” MFY, Samarqand viloyatining Nurobod tumanidan 130 kilometr uzoqlikda joylashgan Saxoba qishlog‘i va Qo‘shrabod tumanidan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Jonbuloq QFY binosida, Buxoro viloyatining Romitan tumanidan 280 kilometr uzoqlikda joylashgan Qizilravot aholi punkti, Gugurtli qishlog‘ida va Peshko‘ tumanidan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan Jongeldi MFY Safron qishlog‘ida, Surxondaryo viloyatining Boysun tuman markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Machay QFY va Denov tuman markazidan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Sina QFYlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidan 350 kilometr uzoqlikda joylashgan Kapakalpakiya va 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Jasliq MFYlarda, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Kushek MFYda, Angren shahardan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Krasnogorsk MFYda, Jizzax viloyatining Forish tumanidan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Omonkeldi, Darboza MFYlarda tashkil etildi.

Ushbu shoxobchalar orgtexnika jihozlari bilan ta’minlanib, davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan hudud aholisiga tasdiqlangan grafikka asosan shoxobchaga kelib davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi joriy etildi.

Bundan tashqari, shoxobcha fasadiga (tungi vaqtda yonib turadigan) davlat xizmatlari logotipi, shoxobcha tashkil qilinganligi, ulardagi qabul kunlari va vaqtlari, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari ko‘rsatilgan maxsus stendlar va bannerlar o‘rnatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют