» » O‘zbekistonda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekistonda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi


Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Mazkur hujjat xorijda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlar, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kabi maqsadlarda qabul qilingan.

“Iste’dod” jamg‘armasi negizida tamoman yangi “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyat yuritadi. Jamg‘armaning shu paytga qadar bajarib kelgan funksiyasi bundan buyon ham davom etaveradi. Endilikda jamg‘arma zimmasiga xorijdagi vatandoshlar bilan muloqot qilish vazifa ham yuklandi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tanlov o‘tkazish va tayyorgarlikni tashkil qilish, shuningdek, davlat tuzilmasi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim va ilmiy muassasalarning istiqbolli mutaxassislarini rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy va ta’lim muassasalariga malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishga ham jo‘natadi.

Jamg‘arma stipendiyalari har yili tasdiqlanadigan maqsadli dasturlarga muvofiq quyidagicha ajratiladi:

Xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishga — 2 oygacha;

Xorijiy ilmiy, ta’lim, ijod muassasalari, davlat idoralari, korxona va boshqa tashkilotlarda stajirovka o‘tashga — 6 oygacha muddatga;

Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda magistratura dasturi asosida o‘qishga — 1-2 yil mobaynida;

Doktorantura dasturi bo‘yicha esa 1-4 yil mobaynida.

Tanlovdan o‘tgan stipendiatlarga jamg‘arma stipendiyalari quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:

Xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda o‘qish qiymatining to‘lovi;

Stipendiatlarning viza olish xarajatlari;

Barcha turdagi transport vositalari bilan o‘qish joyiga qadar – yilda bir martadan ortiq bo‘lmagan yo‘lkira xarajatlari;

Borgan mamlakatdagi o‘qish davrida yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;

Zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar xarid qilish;

Xorijda o‘qish davrida stipendiatlarni tibbiy sug‘urtalash.

Jamg‘armaning moliyaviy ko‘magi bilan magistratura yoki doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan stipendiatlar tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan muddat davomida oliy ta’lim yoki ilmiy muassasa, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida ishlab berish majburiyatini zimmalariga oladi.

Jumladan, chet elda malaka oshirib yoki stajirovka o‘tab kelgan stipendiatga, uni tavsiya etgan oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, davlat tashkilotlarida 3 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish sharti qo‘yiladi.

Stipendiat magistratura yoki PhD dasturi bo‘yicha chet elda ta’lim olganda, egallagan mutaxassisligi bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda, stipendiatni o‘qitishga qilingan barcha xarajatlar miqdori 75 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa, 7 yilgacha uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют