» » Shavkat Mirziyoyev 27—28-sentabr kunlari MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 27—28-sentabr kunlari MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi


Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 27—28-sentabr kunlari MDH davlat rahbarlari kengashining Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Sammit kun tartibidan turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollariga doir keng ko‘lamli masalalar o‘rin olgan.

Shuningdek, davlat rahbarlari 2019-yilda MDHga raislik qiladigan davlatni, MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish joyi va muddatini belgilash masalasini ko‘rib chiqadi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashadi.

Majlis yakunida qator salmoqli hujjatlar, jumladan, MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019—2023-yillarga mo‘ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar davlatlararo dasturi, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining tashrifi doirasida Dushanbe shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют