» » Shavkat Mirziyoyev kelgusi haftada Hindistonga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev kelgusi haftada Hindistonga tashrif buyuradi


Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi haftada Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev Siasat Daily nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Elchining aytishicha, tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy sohalarda qator kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Xususan, IT-texnologiyalar, farmatsevtika sanoati va turizm bo‘yicha bitimlar shular jumlasidandir.

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Narendra Modi va Hindiston hukumatining boshqa yuqori martabali shaxslari bilan muzokaralar olib boradi.

Davlat rahbariga tashrif davomida parlament, vazirlik va muassasalar, yetakchi davlat kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari hamrohlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют