» » Kanada bosh vaziri AQShdan kelayotgan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishga va’da berdi

Kanada bosh vaziri AQShdan kelayotgan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishga va’da berdi


Kanada AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya haqidagi farmonidan so‘ng Kanada—AQSh chegarasini kesib o‘tayotgan noqonuniy muhojirlar uchun boshpana berishdan bosh tortmaydi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

“Kanada ochiq mamlakat bo‘lib qolayotganligi sabablaridan biri — fuqarolarimizning mamlakat migratsiya tizimi va chegaralarimiz daxlsizligi, xavfsizlikka intilayotgan kishilarga yordam berishimizga ishonchidir. Tizim qattiqligi va ko‘makka muhtoj kishilarni qabul qilish o‘rtasidagi muvozanat saqlab qolinadi”, — deya ta’kidladi Jastin Tryudo. 

Trampning farmonidan so‘ng AQShdan Kanada kelayotgan qochoqlar soni sezilarli darajada ko‘paydi. 2016-yil yanvarida Kanada—AQSh chegarasida 137 kishi Kanadadan boshpana so‘ragan bo‘lsa, joriy yil yanvarda ularning soni 452 kishini tashkil etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют