» » Farg‘onada Janubiy Koreyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga koreys tilini o‘rgatuvchi markaz ochildi

Farg‘onada Janubiy Koreyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga koreys tilini o‘rgatuvchi markaz ochildi


Farg‘onada “O‘zbekiston–Janubiy Koreya do‘stlik o‘quv markazi” tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Markazda Janubiy Koreyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga koreys tili va qadriyatlari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. O‘quv xonalari zamonaviy texnologiyalar, ko‘rgazmali vositalar, o‘zbek-koreys tili lug‘atlari, adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan.

O‘quv markazining tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, Janubiy Koreyaning Evergreen Motors Group kompaniyasi boshqaruvi raisi Kim Chang Keong boshchiligida viloyatga tashrif buyurgan delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

– Toshkentdan so‘ng Farg‘onada ham bu kabi o‘quv markazi ochildi. O‘quv markazida bir vaqtning o‘zida 300–350 nafar o‘quvchiga koreys tilini o‘rgatamiz. Markazda til o‘rgatish bilan birga koreys milliy qadriyatlari haqida ham to‘liq ma’lumot beriladi. Uslubchi va mutaxassislar Koreyadan olib kelinadi. Koreys tilini mukammal biladigan mahalliy o‘qituvchilar ham tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Janubiy Koreyada ishlash uchun test sinovlarining birinchi bosqichi shu yerning o‘zida topshiriladi, – deydi o‘quv markazi direktori Kim Yong Bok.

Ochilish marosimida qo‘shni respublikalarning Botkent, O‘sh, Xo‘jand viloyatlari aholisi ham ushbu markazda koreys tilini o‘rganishi mumkinligi ta’kidlandi. Tez orada Nukus, Qarshi va Buxoro shaharlarida ham shunday o‘quv markazlari tashkil etilishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 09:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют