» » Avstriyalik olimlar O‘zbekistondagi universitetlar uchun nemis tili darsliklari yaratishda ishtirok etmoqda

Avstriyalik olimlar O‘zbekistondagi universitetlar uchun nemis tili darsliklari yaratishda ishtirok etmoqda


O‘zbekistondagi qator oliy o‘quv yurtlari nemis tili o‘qituvchilari uchun Avstriyaning Vena davlat universiteti professori Karen Shramm va dotsent Annemariya Pritxard-Smit ishtirokida “Zamonaviy darsliklarni yaratish tamoyillari” mavzusida seminar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Birinchi kurs talabalari uchun nemis tili darsligini yaratishga bag‘ishlangan uchrashuvda darsliklarni ishlab chiqishda badiiy adabiyotlar va filmlardan samarali foydalanish, umumevropa chet tillarini o‘zlashtirish talablariga mos til ko‘nikmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohalarida hamkorlik aloqalari tobora rivojlanmoqda. Tomonlar yangi avlod darsligini ishlab chiqishga oid qo‘shma loyihada faol ishtirok etmoqda. Bu o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Karen Shramm, professor

Xalqaro hamkorlik samarasida birinchi kurs talabalari uchun nemis tili bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 20:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют