» » Xitoyda 4 qavat derazasidan tushib ketgan qizaloqni qutqarishga uringan ikki erkakning qo‘li sindi (video)

Xitoyda 4 qavat derazasidan tushib ketgan qizaloqni qutqarishga uringan ikki erkakning qo‘li sindi (video)


Xitoyda o‘tkinchilar 4 qavat derazasidan tushib ketgan qizaloqning joniga oro kirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Hodisa Chjeszyan provinsiyasining Venchjou shahrida ro‘y berdi. Uyda yolg‘iz qoldirilgan ikki yoshli bola uyg‘onib, ota-onasini qidirishga tushadi. Unga qarab turishi tayinlangan buvisi qizaloq uyquga ketishi bilan chiqib ketgandi.

Bola 4-qavat derazasidan qulab, to yaqin orada joylashgan fabrikaning ikki ishchisi yetib kelguncha 18 metrcha uchishga ulgurdi.

Ular qizaloqni tutib qolmagan bo‘lsa ham, zarba kuchini o‘ziga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bolaning bir necha joyi shilingan bo‘lsa, qutqaruvchilari — 49 yoshli Din Szitsay va 57 yashar Yuan Junshenning qo‘li sindi.

Rasmiylar ikki erkakka minnatdorlik bildirdi va 670 yuandan mukofot topshirdi. Qizaloqning onasi qo‘shimcha ularning har biriga ikki ming yuandan taqdim etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют