» » Surxondaryoda nabira buvisining qo‘ylarini o‘g‘irladi

Surxondaryoda nabira buvisining qo‘ylarini o‘g‘irladi


21-sentabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi B.J. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, hovlisidagi qo‘yxonasidan 2 bosh qo‘yni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni B.J.ning birga yashovchi nabirasi, muqaddam sudlangan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

U bilan olib borilgan tergov harakatlari natijasida shu yil 14-sentyabr kuni “Darband” MFY hududida joylashgan “Pardaqul Muhammad” fermer xo‘jaligining dala maydonida qarovsiz qoldirilgan, shu mahallada yashovchi X.K.ga tegishli “Kama” rusumli velosipedni ham o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют