» » O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha reys joriy etildi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha reys joriy etildi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-oktabr kuni “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha reysini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

“Hurmatli yo‘lovchilar, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ aksiyadorlik jamiyati yo‘lovchilarga dam olish kunida yanada qulaylik yaratish maqsadida ‘Toshkent – Samarqand – Toshkent’ yo‘nalishida Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektoropoezdining qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘ydi”, — deyiladi xabarda.

№764/763 elektropoyezdi shu kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan jo‘nab, soat 17:00 da Samarqanddan ortga qaytadi. Ayni paytda ushbu qo‘shimcha poyezd uchun chiptalar sotuvi yo‘lga qo'yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют