» » Navoiy kon-metallurgiya kombinatida oltin zarralari bo‘lgan qumni o‘g‘irlashga uringan jinoiy sheriklar qo‘lga olindi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida oltin zarralari bo‘lgan qumni o‘g‘irlashga uringan jinoiy sheriklar qo‘lga olindi


20-sentabr kuni Buxoro viloyatida yashovchi U.H. ikki nafar sherigi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” koniga qarashli zaxira qum omboriga boradi. Sheriklar o‘sha hududdan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumni o‘g‘irlashga kirishadi. Bu haqda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi O‘zA.

Jinoiy sheriklar qum to‘ldirilgan idishlar bilan uzoqqa bora olmadi. Ular Tomdi tumani hududida daliliy ashyolar bilan ushlanadi. Ular o‘z qing‘irliklari sabab ichki ishlar xodimidan ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortmaslik hamda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha yengillik yaratib berishni so‘rab, evaziga 500 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qiladi.

Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi o‘z rahbariga bergan axborotiga muvofiq, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xavfsizlik bo‘limi va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют