» » Navoiy viloyatidagi avariyada 2 pokistonlik halok bo‘ldi

Navoiy viloyatidagi avariyada 2 pokistonlik halok bo‘ldi


25-sentabr kuni 17:30 atrofida Jizzax—Forish—Qizilcha 4P-36 avtoyo‘lining Nurota tumani orqali o‘tgan 40?41- kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Navoiy viloyat FVBga tayanib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Toyota (raqami 001 M 004990) avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Lacetti (raqami 85 B 464 DA) avtomobili bilan to‘qnashgan.

Toyota avtomobilida bo‘lgan ikki nafar Pokiston fuqarosi hamda Lacetti avtomobilida bo‘lgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumgan.

Toyota avtomobilida bo‘lgan boshqa yo‘lovchi — Pokiston fuqarosi turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.

U Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют