» » Profilaktika kuni Samarqand viloyatida qidiruvda bo‘lgan to‘rt kishi ushlandi

Profilaktika kuni Samarqand viloyatida qidiruvda bo‘lgan to‘rt kishi ushlandi


Samarqand viloyatida o‘tkazilgan dastlabki “Profilaktika kuni” tadbirlarida o‘nlab jinoyatlarning oldi olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bir kunlik tadbirlar davomida to‘rt nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi, 600 dan ortiq huquqbuzarlik holati aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Huquqbuzarlik va jinoyatlar tahlili asosida jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, bunga imkon yaratgan shart-sharoitlarni aholiga yetkazish, muhokama qilish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning majburiyligini tushuntirish maqsadida mahallalarda, ta’lim muassasalarida, korxona-tashkilotlarda uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Bu tadbirlarga ota-onalar, mahallalarda istiqomat qiluvchi ishsizlar, uzoq muddatga xorijga chiqib ketib yashash manziliga qaytib kelgan fuqarolar, uyushmagan yoshlar, profilaktik hisobda turgan va jinoyat sodir etishga moyil shaxslar taklif etildi.

Xususan, Urgut tumani IIB huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi xodimlari tomonidan jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda Chorraha mahallasida o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida notinch oilalar, muqaddam sudlanganlar va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarga zarur tushuncha berilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibatlari tushuntirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют