» » Toshkentda to‘y korteji avtomobillari jarimaga tortildi

Toshkentda to‘y korteji avtomobillari jarimaga tortildi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxt ko‘chalaridan birida to‘y kortejini jarimaga tortdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

“25-sentabr kuni taxminan 15:00 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida YPX inspektori tomonidan kortej tarkibida harakatlanayotgan va yo‘lda avariyali vaziyatni yuzaga keltirayotgan Mercedes-Benz rusumidagi uchta avtomobil to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.

Haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy kodeksining 129-moddasi (“Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi”)ga muvofiq, choralar ko‘rildi.

“Shunga aniqlik kiritmoqchimizki, YPX inspektorlari kortejda kelin-kuyov bo‘lgan holatda qoidabuzarlikni faqat qayd etib qo‘yadi, qoidabuzarlik haqida bayonnoma tuzish uchun esa haydovchilarni ertasi kuni chaqiradi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют