» » 3-oktabrdan Green Card lotereyasini to‘ldirish boshlanadi: nimalarni bilish kerak?

3-oktabrdan Green Card lotereyasini to‘ldirish boshlanadi: nimalarni bilish kerak?


Green Card 2020 lotereyasida qatnashish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish Toshkent vaqti bilan 2018-yil 3-oktabr kuni 22:00 da boshlanib, 6-noyabr 22:00 gacha davom etadi. Forum Daily yozishicha, AQSh davlat departamenti rasmiy ma’lumotlari bo‘yicha 2020-yilda 50 mingta grin-karta o‘ynalmoqda.

Lotereyada qatnashish uchun ikkita asosiy shart quyidagicha:

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza to‘ldirayotgan da ta’lim yoki mehnat staji haqidagi hujjatlar ilova qilinmaydi, ammo ular immigratsion viza olishda intervyu chog‘ida elchixona xodimiga ko‘rsatiladi. Agar siz ta’lim olganingizni yoki ish stajingizni isbotlay olmasangiz, lotereyada yutib chiqqandan keyin ham anketangiz diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Barcha arizalar elektron ravishda ro‘yxatga olish davrida http://www.dvlottery.state.gov sahifasi orqali topshirilishi shart. DV lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi.  Barcha murojaatchilar arizalarining maqomini keyinchalik tekshirish uchun, arizalarini topshirib bo‘lganlaridan so‘ng, o‘z tasdiqlov varaqlarini bosmadan chiqarib, saqlab qo‘yishlari shart.  Murojaat etuvchilarga arizalarini topshirish uchun ro‘yxatga olish davrining so‘nggi haftasigacha kutmaslik tavsiya etiladi.  Dunyo bo‘yicha talabning o‘ta yuqoriligi internet sahifasi ishining sekinlashuviga olib kelishi mumkin.  2018-yil 6-noyabr soat 22:00 dan keyin birorta ham ariza qabul qilinmaydi.

Garchi ko‘plab kompaniyalar “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” dasturiga ariza topshirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etsa ham, ularning xizmatlaridan foydalanish shaxsning lotereyada g‘olib bo‘lish ehtimolligini hech qaysi yo‘l bilan oshirmaydi.

Shu sababli anketani vositachilar xizmatidan foydalanmagan holda, mustaqil to‘ldirish tavsiya etiladi. Anketa juda oddiy, uni hatto ingliz tili darajasi past bo‘lgan kishilar ham bemalol to‘ldira oladi, to‘ldirishga 20 daqiqa vaqt ketadi.

Anketani to‘lirishni boshlaganingizdan keyin sizda barcha ma’lumotlarni kiritish uchun 1 soat vaqt bo‘ladi. Bu vaqtdan oshib ketsa, hammasini qaytaan boshlashga to‘g‘ri keladi.

Anketaga turmush o‘rtog‘ingiz va 21 yoshgacha bo‘lgan farzandlaringizni kiritishingiz kerak. Er-xotin alohida holda ham anketa to‘ldirishi mumkin.

Anketa uchun suratlar so‘nggi 6 oy ichida olingan bo‘lishi va hozir qanday ko‘rinishda ekanligingizni ko‘rsatishi kerak.

Anketani to‘ldirib, Submit (“Yuborish”) tugmasini bosganingizdan keyin, sizga tasdiqlash raqami ko‘rsatilgan xabar keladi. Uni albatta saqlab qo‘ying — usiz grin-kartada g‘olib bo‘lgan-bo‘lmaganingizni bila olmaysiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 10:42)
+1 (голосов: 1)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют