» » “O‘zstandart” agentligi rahbariyati tadbirkorlarning so‘rovi bilan korxonalarga borib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishga kirishdi

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tadbirkorlarning so‘rovi bilan korxonalarga borib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishga kirishdi


“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tizimdagi masalalar, ish jarayonida yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash maqsadida joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotlarni tashkil etmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bu Shavkat Mirziyoyevning 11-sentabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlar ushbu havola orqali o‘zi va korxona haqidagi ma‘lumotlarni (telefon raqami, manzil va h.k) kiritishi mumkin. Agentlik vakillari ular bilan bog‘lanib, korxonaga tashrif buyuradi.

“Muhtaram Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga asosan, tadbirkorlar “O‘zstandart” agentligiga emas, aksincha “O‘zstandart” agentligi tadbirkorlar huzuriga borib, ular bilan yuzma yuz uchrashuvlar o‘tkazishga bel bog‘ladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют