» » O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi


O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Saytga assotsiatsiyaning xorijiy mamlakatlardagi vakillari, ular faoliyat yuritadigan manzillar, telefon raqamlari va elektron manzillari haqidagi batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan.

Foydalanuvchilar saytning “Migratsiya qonunchiligi” bo‘limida Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSh, Yaponiya, Qozog‘iston, Xitoy va Qirg‘iziston davlatlarining migratsion qonunchiligi bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

“Xorijda ta’lim olish” bo‘limida chet elda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun bilish muhim bo‘lgan qoidalar, xorijda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish tartibi hamda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan yoshlarga o‘zbek tilini o‘rganish uchun xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan “O‘zbek tili o‘quv kurslari” to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan.

Foydalanuvchilar “Elektron kutubxona” bo‘limida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganish uchun elektron o‘quv qo‘llanmalar hamda o‘zbek adabiyoti namunalari bilan yaqindan tanishadi.

“Elchixona va konsulliklar” bo‘limida O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari va konsulliklari, ular joylashgan manzillar, telefon raqamlari, veb-sayti hamda elektron manzili haqidagi ma’lumotlar jamlangan.

“Volontyorlar uchun” bo‘limida assotsiatsiyaning xorijiy mamlakatlardagi volontyorlik xarakati, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning bir qator oliy ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan koordinatorlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur bo‘limda xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar volontyorlar safiga qo‘shilish uchun elektron ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют