» » “O‘zstandart” agentligi bosh direktori Jenevadagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori Jenevadagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda


Joriy yilning 26-sentabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti (ISO) bosh assambleyasining 41-yig‘lishi o‘z ishini boshladi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi “Daryo”ga xabar berdi.

Yig‘ilish oldidan 25-sentabr kuni O‘zbekistonda xalqaro standartlarni joriy etish, ISO tashkiloti texnik qo‘mitalari va O‘zbekistondagi mavjud texnik qo‘mitalar  faoliyatini tubdan yaxshilash, eksportbop-raqobatbardosh mahsulotlarni  ishlab chiqarishda va ichki bozorga sifatsiz mahsulotlarning kirib kelishi oldini olish, samarali xalqaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish masalalari yuzasidan ISO tashkiloti bosh kotibi Serxio Muika, bosh kotib o‘rinbosari Nikolas Fleri va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori Dilshod Sattorov, Xalqaro munosabatlar boshqarmasi  boshlig‘i A.Orifboyev, O‘zbekistonning Shveysariyadagi doimiy vakili U.Lapasov  ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

26—28-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan Bosh Assambleya  yig‘ilishda 165 dan ortiq mamlakatlarning standartlashtirish idoralari rahbalari va ekspertlari ishtirok etadi.

Ushbu tadbirda ISO tashkilotining turli texnik qo‘mitalari faoliyati, rivojlanayotgan davlatlarning standartlashtirish tizimini sifat jihatdan yangilash mexanizmlari, standartlashtirish sohasiga oid turli xil mavzularda sessiyalar va bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют