» » Isroil harbiy aviatsiyasi Suriya—Livan chegarasiga zarbalar berdi

Isroil harbiy aviatsiyasi Suriya—Livan chegarasiga zarbalar berdi


Isroil harbiy-havo kuchlari 22-fevral, chorshanba kuni tongda Damashqdan g‘arbda joylashgan Suriya armiyasi marralariga zarbalar berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xabar berishlaricha, Suriya—Livan chegarasida joylashgan Kalamun tog‘laridagi Suriya istehkomlariga hujum uyushtirilgan.

Livanning Daily Star gazetasi qayd etishicha, u Suriyaning Livan bilan chegarasi yaqiniga aviazarbalar berilgani haqida axborot olgan.

Ayni vaqtda, The Jerusalem Post’ning yozishicha, Isroil harbiy aviatsiyasi aynan suriyalik harbiylarni emas, balki Suriyadagi “Hizbulloh” jangari harakati omborlarini o‘qqa tutgan bo‘lishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют