» » Dushanbe shahrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi

Dushanbe shahrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi


Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur park Tojikiston prezidentining 2018-yil 5-martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligi ramzi sifatida bog‘ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan.

Davlat rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali o‘rnatildi. 27-sentyabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bog‘i va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Tojikistonda shunday bog‘ va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada O‘zbekistonda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Ma’lumki, joriy yil 7-mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida Navoiy va Jomiy haykali o‘rnatilgan edi. Yana bir e’tiborli jihati, bu park yonidagi ko‘cha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bog‘i boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют