» » Orzulari bir olam Maftunaning sog‘lom hayotga qaytishiga hissa qo‘shaylik!

Orzulari bir olam Maftunaning sog‘lom hayotga qaytishiga hissa qo‘shaylik!


Suratda siz ko‘rib turgan jajji qizaloqning ismi Maftuna. U 2012-yilning 29-iyulida Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan.

Qizaloqning onasi Nigora opaning aytishicha, u xonanda Shahzodaning muxlisasi, uning qo‘shiqlarini sevib tinglaydi, hatto o‘zi ham qo‘shiqlar xirgoyi qiladi. Sho‘x shodon, atrofdagilarni umuman zeriktirmaydigan Maftuna ikki yildirki betob. Unga o‘tkir leykoz, faol davri, limfoblast turi (oqqon) tashxisi qo‘yilgan.

Hozirda qizaloq gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanmoqda. Shu bois uning ota-onasi Toshkent shahrida ijara uyda istiqomat qilib kelmoqda. Shu paytgacha Maftunaning dorilariga qarindoshlardan yordam olib kelgan oila bugun qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qoldi.

“7 kurs davolanganidan so‘ng Allohning irodasi ekan yana qaytalandi. Bizlar bor pulimizni sarflab bo‘ldik.

Ikki yilga yaqin paytdan buyon shu oqqon kasalligi bilan kurashib kelmoqdamiz. Hozirga kelib biz yaxshi insonlarning moddiy va ma’naviy yordamiga muhtojmiz. Qaytalanganligi sabab mutaxassislar tomonidan 8-kurs belgilangandi. Hozirda 3-kurs tugadi. Yana beshta kursi bor. Oyiga 15 milliondan ortiq mablag‘ talab etilmoqda. Hali uzoq vaqt davomida davolanib yurishi zarur.

Mutaxassislar qizimda ilik ko‘chirish operasiyasini o‘tkazish keraklinini aytishdi. Operatsiya narxi juda qimmat turadi”, — deydi Nigora Yo‘ldosheva.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme) Yo‘ldosheva Nigoraxon

Agrobank: 8600-0417-1519-2374

Agrobankning Toshkent shahri filialida mening ya’ni Nigora Yo‘ldosheva nomiga ochilgan rekvizitlarim:

MFO: 00394 INN: 201200 124

Hisob raqami: 23120000 900000 394001

Telefon raqami: +998 94 656 33 80



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют