» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-sonli maktab direktori mas’uliyatsizligi uchun lavozimidan bo‘shatildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-sonli maktab direktori mas’uliyatsizligi uchun lavozimidan bo‘shatildi


Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-maktab oldiga o‘quv darsliklari yuk mashinasida xuddi o‘tin yo qum-shag‘alni tushirgandek tashlab ketilgani, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Xalq ta’limi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari ushbu holatni o‘rganib chiqdilar va o‘z ishiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lgan 210-sonli umumta’lim maktab direktori Dilfuza Saidmurodova o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, Xalq ta’limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga ushbu maktabda o‘tkazilgan ta’mirlash ishlari yuzasidan shikoyatlar ham kelib tushdi.

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, 210-sonli umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda 56,5 million so‘mga yaqin haqiqatda bajarilmagan ish hajmlarini qo‘shib yozilgani, shuningdek, endilikda sobiq maktab rahbari o‘quv muassasasi binosining buzilishidan chiqqan qurilish materiallarini va hududdagi daraxtlarni noqonuniy kesib, sotib yuborganligi holatlari aniqlangan.

Tekshirish natijasida aniqlangan faktlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga qonun doirasida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют