» » Fuqarolarga mikroqarz berish bilan bog‘liq qonun senatorlar tomonidan ma’qullandimi?

Fuqarolarga mikroqarz berish bilan bog‘liq qonun senatorlar tomonidan ma’qullandimi?


Senat yalpi majlisida “Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik rivojlantirilishiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qonunda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga banklar tomonidan mikroqarz berish normasini mustahkamlovchi qo‘shimcha kiritish nazarda tutilmoqda.

Mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz barobari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida 1 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Jismoniy shaxslarga beriladigan ushbu mikroqarz, eng avvalo, xalqimiz ehtiyojlarini qondirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning moliyaviy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash va eng asosiysi, aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют