» » LC Waikiki Toshkentda do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda

LC Waikiki Toshkentda do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda


LC Waikiki The Tower Mall Management Group boshchiligi asosida, Toshkentdagi — “Eski Shahar”, “Samarqand Darvoza”, “Compass” savdo markazlarida bir qator do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda.

LC Waikiki — bu butun oila uchun sifatli, zamonaviy va qulay kiyim-kechaklar.

Kompaniyaning shiori — “Barcha yaxshi kiyinishga loyiqdir”, qaysi shubhasiz mahsulotning sifatiga ta‘sir ko‘rsatib kelmoqda. Dizaynerlar faqatgina tabiiy matolar va bo‘yoqlardan, eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda kiyimlar yaratadilar. LC Waikiki do‘konlarida siz nafaqat o‘zingiz uchun, balki oilangizning har bir a‘zosi uchun chiroyli ko‘rinishlar tanlab olishingiz mumkin. LC Waikiki do‘konlari zamonaviy va sifatli kiyimni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatini beradi.

LC Waikiki safari 1988-yilda Fransiyada boshlangan, keyinchalik 1997-yilda u bir Turk kompaniyasi tomonidan sotib olinib, brend LC Waikiki Ma?azac?l?k Hizmetleri Ticaret A.?. ostida faoliyatini davom ettirdi.

Hozirgi kunda LC Waikiki 40 mamlakatda 885 do‘konga ega.

LC Waikiki ning birinchi xorijiy do‘koni 2009-yilda Ruminiyada ochildi. 2023-yilga qadar LC Waikiki chakana kiyim-kechak sotish sohasida Yevropaning uchta eng muvaffaqiyatli kompaniyalaridan biri bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Xalqaro LC Waikiki rivojlantirish direktori Ilona Kovalenkoning tashrifi chog‘ida, bizga O‘zbekistondagi birinchi franchayzing LC Waikiki filiali ochilishi haqida “Eurasia Group” feshn-riteyli tarmog‘i boshqaruv direktori Paskal Puye va “Eurasia Group” riteyl-direktori Grigoriy Turdzeladze aytib berishdi.

Ilona Kovalenko

LC Waikiki xalqaro rivojlantirish bo‘yicha menejer

O‘zbekiston boy tarix, madaniyat va yangi imkoniyatlarga ega, juda ham yorqin mamlakat. Mamlakat aholisi sevadigan, O‘rta Osiyo qo‘shni davlatlarida mavjud bo‘lgan brend yaqin orada O‘zbekistonda ochilishidan juda hursandmiz. Bizning xaridorlar, endi xaridlarni davlatni tark etmasdan turib amalga oshirishlari mumkin.

Paskal Puye

“Eurasia Group” feshn-riteyl tarmog‘i boshqaruv direktori

Biz uzoq vaqtdan buyon O‘zbekistonda LC Waikiki brendi kiyim-kechak do‘konlarini ochishni rejalashtirganmiz. Bu yil, iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli, bizda bu brendni olib kirish imkoniyati paydo bo‘ldi va biz “Eski Shahar” SM dagi birinchi LC Waikiki do‘konining ochilishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. Shuningdek, yaqin kelajakda yana ikkita filial ochilishi kutilmoqda - “Samarqand Darvoza” KSM va “Compass” KSM da.

Georgiy Turdzeladze

“Eurasia Group” riteyl-direktori

LC Waikiki o‘zida operatsion samaradorlik va ishbilarmonlik rivojiga aniq e‘tibor berish orqali qanday ulkan natijalarga erishish mumkinligini butun dunyoga isbotladi.

O‘zbekiston, uzoq vaqt yopiq mamlakat bo‘lib turib, o‘z navbatida, hamkorlikning turli yo‘llarini (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yoki franchayzing/ulgurji savdo) qarab chiqayotgan xalqaro o‘yinchilarida qiziqish uyg‘otmoqda. Shuningdek, biz zamonaviy riteylning poydevori, savdo markazlarining rivojlanishi ekanligini tushinishimiz kerak.

Yangi KSMlarinig qurilishi va rivojlanishi, O‘zbekistondagi riteyl-tuzilmasining shakllanishiga kuchli ta‘sir etadi.

Ayni paytda O‘zbekiston Qozog‘istondagi, bozor chet el o‘yinchilari bilan erkalanmagan vaqti davrini eslatadi. Shuningdek, ko‘p narsa kutilayotgan islohotlarga, mamlakatda turizmni rivojlantirish zarurligiga bog‘liq. Ushbu holatda, riteyl-tizimGruziya bozor modelini eslatadi, qayerda sayyohlar orqali qo‘shimcha hajmlarni olish mumkin bo‘ladi. Bunday modelning mavjudligi uchun yaxshi tashkil etilgan bojxona tizimi ham zarur bo‘ladi.

Butun oila uchun turk kiyim-kechak LC Waikiki brendi, The Tower Mall boshchiligida, “Eski Shahar”, “Samarqand Darvoza”, “Compass” - Toshkent savdo markazlarida bir qator do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston bozoriga birinchi marotaba rasman, franshiza asosida, LC Waikiki brendini “Eurasiya Group” assortimentni boshqarish va rivojlantirishni ta‘minlovchi kompaniya olib kirmoqda.

LC Waikiki birinchi franshiza filiali do‘konining ochilishi “Eski Shahar” SM da rejalashtirilmoqda. Ikkiqavatli do‘konning maydoni 1390 kv.m ni tashkil etadi.

“Eurasia Group” LC Waikiki franshiza va boshqa brend do‘konlarini butun shahar va respublika bo‘ylab ochishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют